Янгиликлар
23
Ijtimoiy aksiya
Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari
Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
(https://lex.uz/uz/docs/2055680) xususiy mulk huquqini tan olish;
xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
xususiy mulk huquqini mulkdorning o'zi himoya qilishi;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararning o'rnini qoplash;
neustoyka undirish;
ma'naviy ziyonni qoplash;
xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini ta'minlash;
davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining qonunga zid bo'lgan hujjatining sud tomonidan qo'llanilmasligi;
mol-mulkning ayrim turlariga bo'lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o'zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro'yxatidan o'tkazish.