Янгиликлар
22
Bilasizmi
Ish beruvchi quyidagi xodimlarni ishga qabul qilishda va keyinchalik tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil qilishi shart:
(https://www.lex.uz/docs/142859#144920) 18 yoshga to'lmaganlar;
60 yoshga to'lgan erkaklar, 55 yoshga to'lgan ayollar;
nogironlar;
noqulay ishlarda, tungi ishlarda, transport harakati bilan bog'liq ishlarda band bo'lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo'lganlar;
maktablar, bog'chalar va boshqa muassasalarning bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul bo'lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Tibbiy ko'rikdan o'tish uchun xodimlardan pul undirilmaydi, tibbiy ko'riklarni o'tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o'rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Xodimlar tibbiy ko'riklardan o'tishdan bo'yin tovlashga haqli emas.