Янгиликлар
22
“Faol tadbirkor” ko'krak nishoni ta'sis etildi
“Faol tadbirkor” ko'krak nishonini ta'sis etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–356-son, 19.08.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o'z vaqtida to'lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo'layotgan tadbirkorlar uchun “Faol tadbirkor” ko'krak nishoni ta'sis etildi.
“Faol tadbirkor” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili “Yilning ilg'or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.
Ko'krak nishoni har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida Prezident yoki uning nomidan Senat Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, Prezident Administrasiyasi rahbari, Bosh vazir, vazirlik, idora rahbarlari, hokimlar tomonidan tantanali topshiriladi.