Янгиликлар
19
Hududlarda sayyor qabullar
Joriy yilning 16-18-avgust kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangiariq tumanidagi Sherobod mahallasi hamda Yangibozor tumanidagi H.Olimjon va Xalqobod mahallalarida fuqarolari va tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabullarda, 200 ga yaqin fuqarolar ishtirok qilib, 100 dan ortiq murojaatlar tinglandi, 20 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi, 10 dan ortiq murojaatlar joyida hal qilindi, 50 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.
Tadbir davomida, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga oid bo`lgan 100 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.