Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ijtimoiy aksiya


Xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.

 (https://lex.uz/docs/-2055680)  Xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.

 Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.

 Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta'minlash va uning ko'paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

 Mulkdor o'ziga qarashli mol-mulkka o'z xohishiga ko'ra hamda o'z manfaatlarini ko'zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 

 Mulkdor o'z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo'lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. 

 U o'z mol-mulkidan xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin.