Янгиликлар
18
Diqqat tanlov
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabrigacha “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov e'lon qilinadi.
Tanlovga materiallar quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etilishi mumkin:
badiiy publitsistika (ocherk, esse va boshqa);
tasviriy san'at (portret, peyzaj va boshqa);
media mahsulot (foto, audio va video materiallar).
Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
Materiallarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
original yondashuv.
Tanlovga materiallar 10-sentabrgacha @mustaqilliktanlovibot telegram boti orqali qabul qilinadi.
Tanlov g‘olibi velosiped hamda diplom bilan taqdirlanadi.
Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!