Янгиликлар
18
Adliya aralashgach
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro B.A.ning qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro bilan 06.12.2021-yilda avtomabillarga yoqilg’i quyish shaxobchasi tomonidan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Fuqaro 07.12.2021da markazga murojaat qilgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingan biroq, belgilangan 3 oylik muddat ichida maqbul keladigan ish taklif qilinmagan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqaro B.A.ni 07.12.2021-yildan ishsiz deb e’tirof etish, muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqishi bo’yicha belgilangan namunaga muvofiq taqdimnoma tayyorlab, budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining shahar bo’limiga topshirish majburiyati yuklatildi.