Янгиликлар
18
Bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022-y.) bilan Oilaviy bolalar uylari to'g'risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.
Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo'lganlar hokimlikka ariza beradi.
Bunda nikohdan o'tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona bo'lishi mumkin.
Oilaviy tarbiyalash uchun tug'ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo'lgan bolalar beriladi.
10 yoshga to'lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.
Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko'pi bilan 5 nafar bola beriladi.