Янгиликлар
YURXIZMAT.UZ BILAN O'Z-O'ZINGIZGA HUQUQIY XIZMAT KO'RSATING!
Huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutishni xohlaysizmi?
Yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz harakat qilishni-chi?
Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan www.yurxizmat.uz – O'z-o'ziga huquqiy xizmat ko'rsatish “Legal Tech” axborot tizimi bunda Sizga qo'l keladi.
Sayt huquqiy hujjatlarni, xususan yuridik shaxslar faoliyatida foydalaniladigan korporativ hujjatlar namunalarini, jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, bitimlar, sudga oid hujjatlar va boshqa huquqiy hujjatlar namunalarini yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz avtomatlashtirilgan holda elektron shaklda tayyorlash, olish va foydalanish imkonini beradi.
Barchasi bepul.
Saytda 800 dan ortiq hujjat namunalari mavjud bo'lib, saralab chiqilgan. Mazkur axborot tizimidan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasini oshirish maqsadida quyida ayrim hujjat namunalarini taqdim etamiz:
Mulkka yetkazilgan zararni undirish haqida da'vo ariza
Ota-onalik huquqini cheklash to'g'risida da'vo ariza
Ishga tiklash va ma'naviy zararni undirish to'g'risida da'vo ariza
Ota-onalik huquqidan mahrum etish to'g'risida da'vo ariza
Ishga tiklash to'g'risida da'vo arizasi
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va ma'naviy zararni undirish to'g'risida da'vo ariza
Jinoyat natijasida yetkazilgan zararni undirish haqida da'vo ariza
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bola uchun aliment undirish to'g'risida da'vo ariza
Ijara shartnomasi
Qarz shartnomasi
Nikoh shartnomasi
Fuqaroning sog'lig'iga yetkazilgan zararni undirish to'g'risida da'vo ariza | Hujjat namunasini shakllantirish