Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?


 Shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab; 

 majburiy jamoat ishlari, xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tarzidagi jazolarini o'tab chiqqach; 

 jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o'talganidan keyin – 1 yil o'tgach; 

 ozodlikni cheklash jazosi o'talganidan keyin – 2 yil o'tgach; 

 5 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 4 yil o'tgach; 

 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 7 yil o'tgach; 

 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 10 yil o'tgach.