Янгиликлар
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M А ‘ L U M O T N O M А
2022-yilning 1-yarim yilligi davomida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lgan 86 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning
57 tasiga (66 foiziga) rasmiy rozilik berilgan.
Аdliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan o‘tkazilgan 101 ta o‘rganish tadbirlari davomida 66 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Аniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan tegishli mansabdor shaxslar nomiga 1488 ta taqdimnoma kiritildi. (ushbu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davrida (827 tani) tashkil etib, 1,7 barvarga oshgan).
Shuningdek, hisobot davrida 2737 ta ogohnomalar kiritilib,
806 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 28 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 50 ta, nazorat qiluvchi organlarning 12 ta va boshqa tashkilotlarning esa 739 ta jami 801 ta qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan qarorlari bekor qilindi.
Аybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha sudlarga va boshqa vakolatli organlarga kiritilgan 425 ta ma’muriy bayonnomalar va takliflar asosida 384 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etildi. (qolgan 41 tasi qoldiq bo‘lib o‘tgan)
Tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga jami 12 mlrd 180 mln 693 ming 700 so‘mlik 1143 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, shundan 10 mlrd 415 mln 88 ming 700 so’mlik 1049 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi. 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,6 barvarga oshgan.
Аdliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralarga 2022-yilning
6-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 194 ta murojaatlar kelib tushgan.
Shundan 2699 ta murojaat ko’rib chiqilib, 1904tasi (60%) qanoatlantirilgan (2021 yilning 6 oyida 1145 ta 48% ) va 765 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Shuningdek, kelib tushgan jami 3194 ta murojaatlarning
336 tasi ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan,
9 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 547 tasini ko‘rib chiqishda mutaxassislar jalb qilingan, 475 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jami 578 ta nodavlat-notijorat tashkilotlari ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shundan 388 tasi davlat ro‘yxatiga, 190 tasi hisob ro‘yxatiga olingan.
Shuningdek, boshqarma tomonidan 102 ta shundan 98 tasi islomiy va
4 tasi noislomiy diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi holatiga 153 ta qo‘shma korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va 10 ta yuridik shaxs birlashmasi davlat reestridan chiqarildi.
2022-yilning 1-yarim yilligi davomida adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, maqsadida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 20 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. (2021 yilning mos davriga nisbatan 2 barvarga oshgan).
Bundan tashqari, har bir hududdagi “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalar har oyda tahlil qilinib, takroran ro‘yxatga tushgan mahallalar alohida ajratilgan holda Reja-grafiklar tasdiqlangan.
Bugungi kunga qadar viloyat va tuman adliya idoralari tomonidan
Reja-grafik asosan “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda (imom xatib, IIB xodimlari, MFY hodimlari, oqsoqollar va boshqa.) 200 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan 30 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, jami 469 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan bo‘lib, ish yurituviga qabul qilingan murojaatlarning 55 % qanoatlantirilgan.
2022-yilning o‘tgan 6-oyi davomida 168 ta mahallalar o‘rganilib,
“Аyollar daftari”ga kiritilgan 937 nafar ayollar bilan suhbat o‘tkazilib, 655 nafariga huquqiy maslahatlar berilgan, 38 nafar xotin-qizlarning murojaatlari hal qilingan.
Ta’lim muassasalarida majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish va majburiy mehnat uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha 50 dan ortiq ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari tashkil qilingan, mavzuga oid 300 dan ortiq bukletlar tarqatilgan hamda “Majburiy mehnat va hashar o‘tkazishning tartiblari” nomli animatsion rolik Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali keng tarqatilgan.
Xorazm viloyati bo‘yicha tashkilotlarda mavjud 100 ta yuridik xizmat shtat birliklarining amalda ishlayotgan 85 nafar yuridik xizmat xodimlarining 68 nafari attestatsiyadan o‘tkazildi va 70 nafari yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirishi ta’minlandi.
FHDY organlari tomonidan, hisobot davrida jami 31.158 ta (shundan tug‘ilishni kayd etish 17 674 ta, nikohni qayd etish 8 080 ta, nikohdan ajralganlikni qayd etish 1 024 ta va o’limni qayd etish 4 780 ta) fuqarolik holati dalolatnomalari yozish qayd etilib, 1 mlrd 313 mln
092 ming 550 so‘m miqdoridagi davlat boji, 588 mln 392 ming 500 so‘m miqdoridagi gerb yig‘imi va 1 mlrd 701 mln 733 ming 500 so‘mlik pullik huquqiy xizmat ko‘rsatildi.
Xorazm viloyati bo’yicha jami 140 ta advokatlik tuzilmalari shundan,
131 tasi advokatlik byurolari, 8 tasi advokatlik firmalari,
1 ta advokatlar hay’ati mavjud.
Viloyat adliya boshqarmasidan 2022-yil 1-iyul xolatiga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olganlar soni 191 nafarni tashkil etdi.