Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

To'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi


Ta'lim kreditlari ta'lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o'qishini ko'chirgan O'zbekiston fuqarosi bo'lgan talabalarga beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ta'lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
to'lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo'lganda). Shartnomada o'qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to'lov miqdori ko'rsatilgan bo'lishi lozim;
ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo'yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo'yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko'rib chiqiladi. 

Ta'lim krediti shartnomasi to'lov-kontrakt shartnomasida ko'rsatilgan bir yillik to'lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta'lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkasi o'zgarishsiz qoladi.

 Mazkur tartib:

 chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga;
 tijorat banklari tomonidan Jamg'arma mablag'laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta'lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to'lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilmaydi.