Янгиликлар
16
Ixtirochilik yo'nalishida yangi jamiyat tuziladi
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (440-son, 10.08.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, O'zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi.
Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish Jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2022-yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo'yicha ko'rik-tanlov o'tkaziladi.
Ko'rik-tanlov g'oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o'ringa – BHMning 300 baravari (90 mln so'm);
2-o'ringa – BHMning 250 baravari (75 mln so'm);
3-o'ringa – BHMning 200 baravari (60 mln so'm).
Mazkur mablag'lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan qoplanadi.
Ko'rik-tanlovlarda g'oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishgga ustuvorlik beriladi.
G'oliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.