Янгиликлар
16
Sayyor qabul
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Qo'shkopir tumanining Nezaxos, O‘rta qishloq, Polvon, Taraqqiyot mahalalari fuqarolari va tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulda, 80 dan ortiq fuqarolar ishtirok qilib, 50 dan ortiq murojaatlar tinglandi, 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi, 15 dan ortiq murojaatlar joyida hal qilindi, 40 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.
Tadbir davomida 70 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.