Янгиликлар
15
Soʻragan_edingiz
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qanday davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin?
Javob:
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish usullari:
onlayn tartibda “fo.birdarcha.uz” sayti orqali (elektron raqamli imzo yordamida) murojaat etiladi;
istalgan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan holda.
Bunda arizachidan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Ma’lumot uchun: YTTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi (fo.birdarcha.uz orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda BHMning 90 foizi).
Yakka tartibdagi tadbirkorlar 20 daqiqa mobaynida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bu muhim! YTTlar faqat hukumatning 6-son qarori (https://lex.uz/docs/1727490) bilan tasdiqlangan faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari mumkin.