Янгиликлар
12
“Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni ta’sis etildi.
Hukumat qarori (443-son, 10.08.2022 y.) bilan “Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni to’g’risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo’lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so’m) miqdorida bir yo’la to’lanadigan pul mukofoti beriladi.