Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya aralashgach


Xonqa tuman adliya bo’limi tomonidan fuqaro A.B.ning imtiyozli pensiyaga chiqish bo`yicha bergan arizasi tuman budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi tomonidan rad qilinganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Murojaatni o`rganishda fuqaro A.B.  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi idoralarida og’ir va zararli ishlarda ishlagan umumiy staji 24 yil, 3 oy, 18 kunni tashkil qilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi kasblarda ishlaganlik faktini tasdiqlash to’g’risida fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sudning qaroriga asosan fuqaroning imtiyozli asosda pensiya tayinlash masalasi hal qilindi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qaror bilan tasdiqlangan ro’yxatga asosan qutqaruvchilar umumiy belgilangan yoshni o’n yilga kamaytirgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga egaligi belgilangan.