Янгиликлар
03
Adliya aralashgach
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “XORAZM PROFIL PLAST SERVIS” MCHJ rahbari A.B. tomonidan obyektni rekonstruksiya qilish uchun berilgan ruxsatnomasi bekor qilinganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o`rganishda, viloyat qurilish bosh boshqarmasining 2021-yil 20-oktabrdagi 86/1-sonli kengaytirilgan yig‘ilish bayoni bilan Urganch shahar qurilish bo‘limi tomonidan berilgan 03/642-sonli ruxsatnomasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunlariga zid ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Xorazm viloyat qurilish bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnoma ijrosi bo`yicha “XORAZM PROFIL PLAST SERVIS” MCHJga berilgan ruxsatnoma o‘z kuchida qoldirildi.