Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xorazm viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo'lib o'tdi.


Majlis 2022-yilning 6 oyi davomida viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar  tomonidan amalga oshirilgan ishlar,  yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlandi. 
 Hisobot davri davomida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega boʻlgan 86 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, ularning 57 tasiga (66 foiziga) ijobiy hulosa berilgan. 
Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan oʻtkazilgan 101 ta oʻrganish tadbirlari davomida 66 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlangan. 
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan tegishli mansabdor shaxslar nomiga 1488 ta taqdimnoma kiritilgan (ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davrida (827 tani) tashkil etib, 1,7 barvarga oshgan). 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 50 ta, nazorat qiluvchi organlarning 12 ta va boshqa tashkilotlarning esa 739 ta jami 801 ta qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan qarorlari bekor qilingan.
Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralarga 2022-yilning  6-oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 194 ta murojaatlar kelib tushgan. 
Shundan 2699 ta murojaat koʻrib chiqilib, 1904tasi (60%) qanoatlantirilgan (2021-yilning 6 oyida 1145 ta 48% ) va 765 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jami 578 ta nodavlat-notijorat tashkilotlari roʻyxatidan oʻtkazilgan, shundan 388 tasi davlat roʻyxatiga, 190 tasi hisob roʻyxatiga olingan.
Shuningdek, boshqarma tomonidan 102 ta shundan 98 tasi islomiy va 4 tasi noislomiy diniy tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi holatiga 153 ta qoʻshma korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va 10 ta yuridik shaxs birlashmasi davlat reyestridan chiqarilgan. Hisobot davri davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 400 mingga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatilgan. 
2022-yilning 1-yarim yilligi davomida adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, maqsadida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 20 mingdan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan (2021-yilning mos davriga nisbatan 2 barvarga oshgan).
2022-yilning oʻtgan 6-oyi davomida 168 ta mahallalar oʻrganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 937 nafar ayollar bilan suhbat oʻtkazilib, 655 nafariga huquqiy maslahatlar berilgan, 38 nafar xotin-qizlarning murojaatlari hal qilingan.
FHDY organlari tomonidan, hisobot davrida jami 31158 ta (shundan tugʻilishni kayd etish 17 674 ta, nikohni qayd etish 8 080 ta, nikohdan ajralganlikni  qayd etish 1 024 ta va oʻlimni qayd etish 4 780 ta) fuqarolik holati dalolatnomalari  qayd etilgan.