Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SAYYOR QABULLAR


Joriy yilning 26,27,28-iyul kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida  Xiva, Xonqa va  Shovot tumanlarida jami 6 ta mahalalar aholisi uchun sayyor qabullar bo`lib o`tdi.
Sayyor qabullar,  “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar va boshqa qonunchilikdagi yangiliklarni keng aholiga  yetkazish bilan boshlandi.
Qabullarda, 200 dan ortiq fuqarolar ishtirok qilib, 100 dan ortiq murojaatlar tinglandi,  91 ta sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi, 40 dan ortiq murojaatlar joyida hal qilindi hamda yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.
Tadbir davomida 200 dan ortiq  koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari  tarqatildi.