Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya aralashgach


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro E.Qurbanovning funksional diagnostika bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ayrim qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlanishicha birlashma tomonidan fuqaro E.Qurbanovning oylik ish haqlaridan 3 183 050 so‘m asossiz ravishda ushlab qolingan.
Adliya boshqarmasi tomonidan yuqorida qayd qilingan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish maqsadida  Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va fuqaro E.Qurbanovga 3 183 050 so‘m miqdorida ish haqlari undirib berildi.