Янгиликлар
19
Adliya aralashgach
Bogʻot tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro M.B.ning ustama pullari toʻlab berilmay kelinayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati koʻrib chiqildi.
Murojaatni oʻrganishda, fuqaro mahallada veterinariya uchastka mudiri sifatida faoliyat yuritishi hamda “Oliy”ʻ toifasi uchun oylik ish haqlariga 3.319.000 soʻm miqdorida ustama pullari toʻlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sud buyrugʻiga asosan fuqaroga 3.319.000 soʻm miqdorida ustama pullari toʻlab berildi.