Янгиликлар
18
Hududlarda seminar
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatining barcha tuman (shahar)larida yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar xodimlari uchun amaliy seminar bo'lib o`tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga “Е-huquqshunos” dasturida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: Davlatimiz rahbarining PQ-173-son Qarori bilan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta‘minlanmagan bir qator davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan.