Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sayyor davlat xizmatlari


Hududlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida mutaxassislar tomonidan  sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilishi davom etmoqda. 
Joriy yilning 16-17-iyul kunlari viloyatning  Hazorasp, Qo'shko'pir, Bog'ot, Tuproqqal’a,Yangibozor, Xiva, Yangiariq, Shovot  tumanlarida hamda Xiva va Urganch shaharlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga  sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitini olish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qo'yish, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, elektr tarmoqlariga ulanish, suvni hisobga olish uskunalarini plombalash va shu kabi xizmat turlari boʻyicha 150 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, 70 dan ziyod fuqarolarga  huquqiy maslahatlar berilib, 250 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.