Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Аdliya axboroti


Respublika ishchi guruhi tarkibida Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va Bosh prokuror o’rinbosari-Harbiy prokuror Sh.Uzakov tomonidan Xorazm viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.
Urganch shahar davlat xizmatlari markazida Xorazm viloyat adliya  boshqarmasining adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, targ’ibot tadbirlari, davlat xizmatlari va huquqiy xizmatlar ko’rsatilishi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Bandlik bosh boshqarmalarining axborotlari tinglandi.
Shuningdek, ishchi guruh davlatimiz Rahbarining adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan   PF-89-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan “Adliya uyi” konsepsiyasiga asosan  adliya bo`limi, FHDY, DXM va yuridik xizmat ko`rsatish markazlari bitta binoda faoliyat yuritayotganligi va fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.