Янгиликлар
07
Huquqiy bilimlarni oshirish kuni
7-iyul kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida "Huquqiy bilimlar kuni" doirasida tizim xodimlari ishtirokida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbirda, “Kuch adolatda” gazetasining muhbiri, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi A.Sabirov, O‘zbekiston Faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi M.Jumaniyozov va viloyat adliya boshqarmasining faxriy xodimi R.Rajapovlar mehmon bo`lishdi.
Tadbir davomida, uzoq yillar davomida adliya organlari tizimida mehnat qilgan Rajabov Reyimboy akaga II darajali «Mehnat faxriysi» ko'krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.