Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya aralashgach


Urganch tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Y.A. ning “Urganch buyum bozori” MCHJ hududida joylashgan doʻkoni 2016-yilda Urganch tuman hokimligi tomonidan tuman hokimining qaroriga asosan buzib tashlanganligi va kompensatsiya pullari toʻlanmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati koʻrib chiqildi.
O'rganishlar jarayonida, Urganch tumani “Urganch buyum bozori” MCHJ hududida joylashgan fuqaro Y.A. ga tegishli boʻlgan  doʻkonining buzilishi masalasida kompensatsiya turi va miqdori yuzasidan kelishuv shartnomasi tuzilmasdan Urganch tuman hokimining qaroriga asosan, doʻkon binosi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib olinib, doʻkon binosi uchun kompensatsiya puli berilmaganligi aniqlandi.
Natijada, Urganch tuman hokimligining ushbu harakatlari bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga zid boʻlganligi sababli, Urganch tuman adliya boʻlimi tomonidan  Fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudiga kiritilgan daʼvo arizasi  qanoatlantirilib, tuman hokimligidan  sudning hal qiluv qarori asosida fuqaro Y.A. foydasiga 64 920 917 soʻm kompensatsiya va moddiy zarar puli undirib berildi.