Янгиликлар
30
Mening konstitutsiyam
Joriy yilning 30-iyun kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi va O`zbekiston musulmonlar idorasining Xorazm viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar, O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo`yicha tushuntirishlar berildi.