Янгиликлар
29
Adliya aralashgach
Urganch shahar adliya bo'limi tomonidan “OTASH QURILISH MONTAJ” MCHJ rahbarining hokimlik tomonidan unga yetkazilgan zarar qoplab berilmasdan kelinayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
O'rganishlar davomida shahar hokimining yer ajratish to'g'risidagi qarori bekor qilinganligi sababli, yer bilan bog'liq hujjatlarni rasmiylashtirish va qurilish ishlarini amalga oshirganligi natijasida moddiy zarar yetkazilganligi,biroq shu kunga qadar hokimlik tomonidan zarar qoplab berilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Adliya bo`limi tomonidan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, tadbirkorga yetkazilgan 97 208 297 so'm miqdoridagi moddiy zarar undirib berildi.