Янгиликлар
24
Tadbirkorlik kodeksi loyihasi
Bugun 24-iyun kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik-hujjatlarini tizimlashtirishning zaruriyati hamda O`zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va takliflarni to`plash maqsadida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbirda Аdliya vazirligining mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari, Soliq, Savdo sanoat palatasi, OАV vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga (https://regulation.gov.uz/oz/d/61999) qo‘yildi. Kodeks loyihasining muhokamasiga befarq bo‘lmang,
Loyiha Sizning takliflaringiz asosida takomillashtiriladi.