Янгиликлар
23
Sayyor qabul
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, o`rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Xonqa tumanining Porloq mahallasida, Xiva tumani Soyot va Yangiariq tumani Ostona mahallalarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabulda, 400 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 150 dan ortiq murojaatlar tinglandi, 200 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi, 60 dan ortiq murojaatlar joyida hal qilindi hamda oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir davomida 200 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.