Янгиликлар
22
Bir murojaat izidan
Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman madaniyat bo‘limi ishchi-xodimlari M.Q va boshqalar ko‘p yillik mehnat uchun rag‘batlantirish, har oylik oziq-ovqat va yo‘lkira uchun to‘lanadigan mablag‘lar berilmayotganligidan norozi bo‘lib, undirib berilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, aniqlanishicha tuman madaniyat bo‘limining 4 nafar ishchi-xodimlariga 2021-yil 01-yanvar kunidan 2022-yil 01-yanvar kuniga qadar ko‘p yillik mehnat uchun rag‘batlantirish, har oylik oziq-ovqat va yo‘lkira uchun to‘lanadigan ish haqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-sonli Qaroriga zid ravishda to‘lanmaganligi aniqlandi.
Adliya aralashuvi bilan, qo'llanilgan tegishli ta'sir choralar natijasida tuman madaniyat bo‘limining 4-nafar ishchi-xodimlari foydasiga jami 58 829 460 so‘m ish haqlari hisob-kitob qilinib, undirib berildi.