Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xorazm viloyati yuridik texnikumi maxsus komissiyasiga ariza bilan murojaat qilgan o'quvchilar diqqatiga!


Xorazm viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilarining “Yurisprudensiya” yo`nalishi bo`yicha oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o'tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo'yicha o'qishga qabul qilish uchun maxsus komissiyaga ariza bilan murojaat qilgan o'quvchilar diqqatiga. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2022-yil 3-iyun ro‘yxat raqami 3370)ga asosan maxsus komissiya majlisi joriy yilning 29 iyun kuni soat 15:00 da texnikum binosining 9-xonasida bo'lib o'tadi. Maxsus komissiya majlisida bitiruvchilarni yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatini, shuningdek ma'naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbat bo'lib o'tadi.Shuningdek, komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar bo'yicha qo'shimcha savollar berilishi mumkin.

Tanlov yuzasidan bog`lanish uchun ma`sul xodim:

Rahmonova Nazokat Qutlimurotovna

Telefon: +998-88-606-08-88, 62-229-28-35

Yuridik texnikumning elektron pochta manzili: xoryuridiktexnikum@umail.uz