Янгиликлар
20
Notarial xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davra suhbati
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyatimizdagi xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi barcha notariuslar ishtirokida Notarial xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida, yaratilgan imkoniyatlar, notarial harakatlar davomida yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, notarial xizmatlar sifatini yaxshilash, navbatlar bilan bog`liq masalalarni zamonaviy yechimini topish orqali aholiga sifatli va qulay servis ko`rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida notariuslarga o`z faoliyatlarida qonun talablari asoslangan holda, shuningdek notarial harakatlar ko`rsatishda ixtisoslashishga yo`l qo`ymaslik, kelgusida kadrlar zahirasini shakllantirish orqali notariuslar sonini oshirish bo`yicha tavsiyalar va ko`rsatmalar berildi.
Shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va bu kabi muloqotning yangi formatini muntazam o`tkazish taklifi ma'qullandi.