Янгиликлар
16
Adliya aralashgach
Xonqa tuman adliya bo’limi tomonidan fuqaro B.Sultanov va boshqa xodimlarning oylik ish haqlari to’lanmasdan kelinayotganligidan norozi bo’lib qilgan murojaati ko’rib chiqildi.
O’rganishlar davomida, Xorazm viloyati toza hudud unitar davlat korxonasi Xonqa tuman filiali tomonidan 67 nafar ishchi-xizmatchilarning 2022-yil aprel oyi uchun hisoblangan 70.139.919 so’m ish haqlari to’lanmasdan kelinganligi aniqlandi.
Adliya aralashuvi bilan 67 nafar fuqaroga jami 70.139.919 so’m oylik ish haqlari to’lab berildi.