Янгиликлар
13
Sayyor davlat xizmatlari
Hududlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida mutaxassislar tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilishi davom etmoqda. Joriy yilning 12-iyun kuni viloyatning Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog'ot, Yangibozor, Yangiariq, Urganch, Xiva tumanlarida hamda Xiva va Urganch shaharlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitini olish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qo'yish, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, elektr tarmoqlariga ulanish, suvni hisobga olish uskunalarini plombalash va shu kabi xizmat turlari boʻyicha 100 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, 60 dan ziyod fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, 200 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi