Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

ADLIYA ARALASHGACH!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolar M.Boboyeva, Y.Egamberdiyeva va I.Kazakovalarning nogironligi bo`lgan farzandlari parvarishi bilan band bo`lganligi sababli moddiy yordam berilishida amaliy yordam berishni so`rab qilgan murojaatlari ko’rib chiqildi.
Adliya boshqarmasi aralashuvi bilan  fuqarolarning murojaatlari ijobiy qanoatlantirilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-sonli farmoniga asosan  hech qayerda ishlamasdan uyida nogiron farzandlarini parvarishi bilan band bo‘lgan 3 nafar onaga bolalarini parvarishlash nafaqasi  tayinlandi.
Ma’lumot uchun:  Farmonning 2-bandida 2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi  joriy etilganligi nazarda tutilgan.