Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Hududlarda sayyor davlat xizmatlari


 Joriy yilning 5-iyun kuni Tuproqqal’a, Bog`ot, Yangibozor, Urganch va Xiva tumanlarida hamda Xiva va Urganch shaharlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida sayyor davlat xizmatlari bo`lib o`tdi.
Sayyor davlat xizmatlarini tashkil qilishdan maqsad - fuqarolar bilan doimiy muloqotda boʻlish, muammolarini hal qilish, qulayliklar yaratish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish hamda tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlarini ko`rsatishdan iboratdir.
Tadbir davomida 100 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi (bular, ko`chmas mulk obyektlariga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish,   tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish, elektron raqamli imzo  olish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo`yish, kommunal sohada, nafaqa tayinlash, kadastr pasportini shakllantirish, arxiv ma’lumotlarini olish va boshqa),  50 nafar  fuqarolarning savollariga huquqiy maslahatlar berilib, mavzuga oid bo`lgan 300 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.