Янгиликлар
01
Noqonuniy qarorlar haqiqiy emas deb topildi
Urganch tuman adliya bo`limi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi monitoring qilindi.
Monitoring natijalariga ko`ra Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilib, qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan 2021-yil 14-oktabrdagi VI-46-41-12-173-K/21-sonli “Urganch tumanida faoliyat ko`rsatib kelayotgan “Xiva sesame” MChJ shaklidagi qo`shma korxona va “Masharip” fermer xo`jaligi yerlarini zaxiraga qaytarish to`g`risida”gi hamda tuman hokimining shu kungi 107-12-173-Q/21-sonli “Urganch tuman hokimining 2021-yil 4-fevraldagi 188q-sonli qarorini bekor qilish to`g`risida”gi qarorlari haqiqiy emas deb topildi.