Янгиликлар
31
Sayyor davlat xizmatlari
Adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatimizning barcha tuman (shahar)larida muntazam ravishda mobil xizmatlar ko'rsatilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
O'tgan hafta davomida adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan viloyatning tuman (shahar) laridagi yirik bozor va savdo majmualarida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. Tadbirlar davomida 150 dan ziyod davlat xizmatlari ko'rsatildi, 100 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilarga xizmatlardan masofadan turib, yaʼni onlayn tartibda foydalanish borasida mahorat darslari ham oʻtkazildi.
Shu bilan birga, soha xodimlari tomonidan fuqarolarga qonunchilikdagi va tizimdagi yangiliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.