Янгиликлар
27
Davlat xizmatlarida seminar
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasi 200-sonli qarori ijrosi bo`yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida an'anaviy hamda videoselektor shaklida seminar bo`lib o`tdi.
Maqsad arxitektura va qurilish sohasida ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish orqali fuqarolarga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari ko`rsatish.
Seminarda bino va inshootlarning ixtisoslashishini o`zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o`z hududida qo`shimcha bino va inshootlarni qurish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatilishi, ma’muriy reglament talablari buzganlik uchun javobgarlik masalalari to`g`risida so`z yuritildi.