Янгиликлар
24
Katta hisobchi va iqtisodchilar malakasini oshirish maqsadida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Xiva shahrida Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyat boʻlimlari va ularning tuman (shahar) boʻlinmalarida faoliyat yurituvchi katta hisobchi va iqtisodchilar malakasini oshirish maqsadida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida olib borilayotgan islohotlar, NNTlar tomonidan yillik topshirilishi lozim boʻlgan hisobotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, bildirilgan savollarga javoblar berildi.