Янгиликлар
24
Sayyor davlat xizmatlari
Xabaringiz bor, adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatimizning barcha tuman (shahar)larida muntazam ravishda mobil xizmatlar ko'rsatilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
Bugun tuman (shahar) adliya bo'limlari, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qator tadbirlar o'tkazildi. Xususan,
Xiva shahar adliya bo'limi, DXM xodimlari tomonidan Xorazm viloyati hokimining Xiva shahrida o'tkazilgan navbatdgi sayyor qabuli doirasida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Urganch tuman DXM xodimlari tomonidan viloyat prokurorining "Oq oltin" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabuli doirasida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Urganch shahar DXM xodimlari tomonidan 7260-harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, harbiy pensionerlar hamda nogiron farzandlari boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga kerakli boʻlgan davlat xizmatlari “sayyor” tarzda taqdim etildi.
Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilarga xizmatlardan masofadan turib, yaʼni onlayn tartibda foydalanish borasida mahorat darslari ham oʻtkazildi.
Shu bilan birga, soha xodimlari tomonidan fuqarolarga qonunchilikdagi va tizimdagi yangiliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda volontyorlar klubi a`zolari tomonidan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 100 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.