Янгиликлар
24
Sayyor davlat xizmatlari
Shovot tumanining "Idaliqalʼa" mahallasida viloyat hokimi Farxod Ermanovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi. Fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish uchun tegishli viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari, shu jumladan tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.
Qabul chogʻida mutaxassislar tomonidan fuqarolarning adliya sohasiga oid qiynayotgan muammolari oʻrganildi, murojaatlaring bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlsa, adliya boʻlimi xodimlari tomonidan 30 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 60 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.