Янгиликлар
28
XORAZM VILOYAT HOKIMLIGIDA SEMINAR
Xorazm viloyat hokimligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o`rinbosari Aktam Zayniddinovich Muxammadiyev ishtirokida “Ijro.gov.uz”- ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlik yuzasidan seminar tashkil qilindi.
Seminarda viloyatdagi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul xodimlarining “Ijro.gov.uz”- elektron tizimidagi faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va kamchiliklari eshitilib, ularga ko`mak va amaliy yordamlar ko`rsatildi.
Tadbir ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar ko`rildi.