Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bir qator hokimliklarning noqonuniy qarorlari bekor qilindi!


Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir, Xiva, Gurlan, Urganch, Yangibozor, Yangiariq, Bogʻot, Shovot va Tuproqqalʼa tumanlari Kengashining yer munosabatlariga doir bir qator noqonuniy qarorlari bekor qilindi.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan monitoringda ushbu hokimliklar tomonidan noqonuniy ravishda, oʻz vakolat doiralariga kirmaydigan, yaʼni yer munosabatlariga oid qaror qabul qilish holatiga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan. Vaholanki, bunday qarorlarni qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor etilgan.
Adliya boshqarmasining xati va «Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida»gi qonunining 24-moddasiga muvofiq ushbu noqonuniy qarorlar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qaroriga ko‘ra bekor qilindi.