Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

HUQUQIY AKSIYA!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari I.Nazarov tomonidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va Moliya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida “Sog`liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Urganch davlat universitetida ta’lim sohasi xodimlari, Tashkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va TATU Urganch filiali pedagog xodimlari uchun sayyor qabul tashkil qilindi.
Sayyor qabul davomida, qonunchilikdagi imtiyozlar, korrupsiya va xorijiy mamlakatlarning harbiy tuzilmalariga yo`llanish uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga oid bo`lgan bukletlar tarqatildi.  
Tadbirda, ish haqi,  ustamalar hamda dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilish,  subsidiya, nafaqa va moddiy yordam,  imtiyozli kredit va soliq imtiyozlari kabi savollari bo`yicha tushuntirishlar  berildi.
O`rganib chiqishlik uchun 5 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.