Янгиликлар
21
UMUMTA’LIM MAKTABIDA “MENING HUQUQIM KUNI” TASHKIL QILINDI
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida o`quvchilar ishtirokida “Mening huquqim kuni” tashkil qilindi.
Tadbir davomida, o`quvchilarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlari va huquqlari, shuningdek ularning yuridik ta’limga va yuridik sohaga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo`yicha huquqning ilk tushunchalari yuzasidan suhabatlashildi.
Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o`tkazilib, o`quvchi yoshlarga targ`ibot materiallari tarqatildi.