Янгиликлар
19
HUQUQIY AKSIYA SAMARASI: 18 NAFAR XODIMGA 88.250.000 SO`M USTAMA PULLARI TO`LAB BERILDI
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida tashkil qilingan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolashga mo`ljallangan vaqtincha shifoxonada xodimlarga pul mablag`ining hisob-kitob qilinishi tahlil qilindi.
Tahlil davomida, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 18 nafar tibbiyot xodimlariga 2022-yilning mart oyi uchun 88.250.000 so`m ustama pullari to`lanmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 5-aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga taqdimnoma kiritildi va uning ijrosi yuzasidan 18 nafar tibbiyot xodimlariga jami 88.250.000 so`m ustama pullari to`lab berilishi ta’minlandi.