Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

HUQUQIY AKSIYA SAMARA BERDI, 110 NAFAR XODIMGA 145.988.051 SO`M PUL MABLAG`LARI TO`LAB BERILDI


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasida  koronavirus infeksiyasiga chalingan tug`ruqdan oldingi va tug`ruqdan keyingi bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonasida xodimlarga pul mablag`ining hisob-kitob qilinishi tahlil qilindi.
Tahlil davomida, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 110 nafar tibbiyot xodimlariga 2022-yilning yanvar-fevral oyi uchun 145.988.051 so‘m ustama pullari to`lanmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 30-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga taqdimnoma kiritildi va uning ijrosi yuzasidan klinika tomonidan 110 nafar tibbiyot xodimlariga jami 145.988.051 so‘m ustama pullari to`lab berilishi ta’minlandi.